Новости УЗ
Ledokol Group – O‘zbekistondagi Google’ning yetakchi hamkori
      <description>2022-yilda "Ledokol Group" reklama agentligi O'zbekistonda Google'ning Yetakchi Hamkori maqomini qo'lga kiritdi va Google Partners dasturining eng yuqori darajasiga ko'tarildi</description>
Meta kompaniyasi Ledokol Group bilan uchrashuv o'tkazdi
      <description>Meta rasmiy vakillari Ledokol Group reklama agentligi bilan uchrashdi. Uchrashuvda 2023-yilga mo'ljallangan qo'shma rejalar, Meta'ning O'zbekistondagi rivojlanish yo'nalishlari va mahalliy hamkorlik shartlari muhokama qilindi.</description>