Ledokol Group – O‘zbekistondagi Google’ning yetakchi hamkori
2022-yilda Ledokol Group reklama agentligi O'zbekistonda Google'ning Yetakchi Hamkori (Google Premier Partner) maqomini oldi va Google Partners dasturining eng yuqori darajasiga ko'tarildi. Google'ning Yetakchi Hamkori nishonini mamlakatdagi eng muvaffaqiyatli kompaniyalarning atigi 3 foizigina qo'lga kirita oladi. Agentlik treninglar va statistika, mijozlarni ustuvor qo'llab-quvvatlash, resurslar, e'tirof va mukofotlash kabi yo'nalishlarda noyob afzalliklarga ega bo'ldi.
Google hamkorlik dasturi 2013-yildan beri mavjud, biroq 2022-yilda u sezilarli darajada o'zgardi. Bu o'zgarishlar Yetakchi Hamkorlarga qo'yiladigan talablar hamda mijozlar uchun Google Ads kampaniyalarini yanada samarali o'tkazishda beriladigan afzalliklarni qamrab oldi.
Google'ning Yetakchi Hamkori maqomi agentlikka nima beradi:
• Ekspertiza tasdig'i. Google'ning Yetakchi Hamkori nishoni shunchaki berilmaydi: reklamaning strategik rejalashtiruvchi mutaxassislarining kamida 50 foizi Google Ads bo'yicha sertifikatga ega bo'lishi shart. Shu sababli, ushbu nishonning mavjudligi agentlikning yuqori malakasidan dalolat beradi va mijozlar ishonchini qozonishga xizmat qiladi.
• Yuqori samaradorlik. Ledokol Group optimallashtirishning yuqori ko'rsatkichini (70% dan ortiq) saqlab kelmoqda. Bu mijozlar akkauntlaridagi e'lonlarning maksimal darajada samarali ekanligini anglatadi va joylashtirishning eng maqbul narxi bilan raqobatdosh ustunlikni taqdim etadi.
• Yordam va texnik qo'llab-quvvatlash. Yetakchi hamkor nishonini olgan kompaniyalar ustuvor texnik yordam olish, shuningdek, Google mutaxassislari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish, savollar berish va maslahatlashish huquqiga ega.
• Yangi vositalarni sinovdan o'tkazish va Google bilimlar bazasiga kirish. Bu imkoniyat faqat Google'ning yetakchi hamkori maqomiga sazovor bo'lganlargagina taqdim etiladi. Yangi vositalarni ommaviy foydalanishga chiqishidan ancha oldin o'zlashtirish orqali yetakchi hamkorlar raqobatchilardan ustunlikka ega bo'ladilar. Boshqalar tizim qanday ishlashini endi tushunishga urinayotgan bir paytda, ular yangi funksiyalardan allaqachon samarali foydalanishni bilishadi. Shuningdek, yetakchi hamkorlar yuzlab o'tkazilgan kampaniyalar asosida to'plangan mijozlar biznesi toifasi bo'yicha ma'lumotlar va ularning tahlilidan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar.
"Doimiy o'zgarishlar sharoitida agentlikning moslashish, o'rganish va ko'nikmalarni takomillashtirishga bo'lgan intilishi mijozlarimizga o'z natijasini bermoqda. Yetakchi hamkor maqomi mutaxassislarimiz ishining yuqori sifatini va ekspertizaning ajoyib darajasini namoyish etadi", — deya ta'kidladi Ledokol Group'ning digital group head'i Artyom Shin.
2023-yilda Ledokol Group reklama agentligi Yetakchi hamkor maqomini va uning barcha afzalliklarini saqlab qoldi. Bu esa mijozlarga eng yaxshi texnik yordam, beta-versiyadagi yangi mahsulotlardan foydalanish, Google mutaxassislaridan shaxsiy yordam, shuningdek, maxsus takliflar va bonuslarni olish imkonini beradi. Agentlik raqamli (digital) targ'ibotda eng qulay shartlarda ajoyib natijalarga erishishni istagan barchani hamkorlikka chorlaydi.
Qo'ng'iroq qiling va Ledokol Group biznesingiz xususiyatlari hamda reklama kampaniyasining har qanday maqsadini hisobga olgan holda samarali yechim tayyorlab beradi: